logo3 log1 logo4


 
Ishlab chiqarish

“Sho’rtanneftgaz” Unitar Sho’ba Korxonasi “O’zbekneftgaz” Milliy Xolding Kompaniyasiga qarashli “O’zneftgazqazibchiqarish” Akstiyadorlik Kompaniyasining asosiy ishlab chiqarish bo’g’inlaridan biridir.

«Sho’rtanneftgaz» Unitar sho’ba korxonasi 2 noyabr 1980 yilda tashkil etilgan. Ish faoliyati asosan neft va gaz qazib chiqarish, tabiiy gazni qayta ishlash, propan butan aralashmasi olish, barqaror kondensat, oltingugurt ishlab chiqarish, marmar plitkachalar ishlab chiqarish, xalq ehtiyoji mollari ishlab chiqarish va aholiga pulli xizmat ko’rsatish.
Shurtan gazkondensat konlarini bosh loyixachisi bo’lib Saratov shaxridagi «VNIPIgazdob’cha» OAJ xisoblanadi. Bosh inshootdagi gazni qayta ishlash va suyultirilgan gaz olish qurilmalarini loyixasi Moskva shaxridagi «VNIIGAZ», «NIIOGAZ», «Giprogazochistka», Sankt-Peturburg shaxridagi «LenNIIXIMMASh» va «UzLITIneftegaz» OAJ tomonidan tayyorlangan.
«Shurtanneftgaz» UShK da ISO 9001:2008, OHSAS 18001:2007, ISO 14001:2004 xalkaro standartining talablariga javob beradigan integrallashgan boshkaruv tizimi joriy etilgan va samaradorligi doimo takommilashtirilmoqda. Integrallashgan Boshqaruv Tizimining asosiy maqsadi xar bir ishlab chiqarilayotgan maxsulotning birligini nazorat qilish emas, balki ish jarayonidagi xavf-xatarli ishlarda, atrof-muxitga ekologik ta’siri va sifatsiz maxsulot paydo bulishiga yul quyadigan xatolarni oldini olish.

2013 yil 1 yanvar holatida korxonada Sho’rtan guruhiga kiruvchi 12 ta (Sho’rtan, Jan. Tandircha, Zafar, Yangi Qoratepa, Bo’zaxur, Sharqiy Bo’zaxur, To’rtsari, Shirkent, Oydin, Ilim, Tarnosoy, Chunag’ar) gaz-kondensat va 20 ta (G’arbiy Toshli, Sharqiy Toshli, Saricha, G’arbiy Yakkasaroy, Yakkasaray, Qoraboir, G’armistan, Shimoliy Sho’rtan, Feruza, Dehqonobod, Xonobod, Qumchuq, Ilim, To’rtsari, Mezon, Shirkent, Mang’it, Ruboyi, Sag’irtau, Azlyartepa) neft konlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari Muborak konlar guruhiga kiruvchi Chigil, Girsan, Nazarquduq, Devxona, Ernazar, “Gissarneftgaz” MChJ QK ga qarashli Shim.Nishon, Beshkent, Tavakkal va Qamashi konlari hamda LUKOYL tomonidan foydalanishga topshirishlgan Jarquduq, Gumbiloq va Odamtosh konlarida qazib olingan gazlar ham Sho’rtan bosh inshoatida qayta ishlanadi. Gaz konlaridagi quduqlar umumiy fondi 323 ta, neft konlaridagi quduqlar umumiy fondi 237 tani tashkil etadi.

GDTQ (UPPG) – 1,2 navbatlari
Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari (GDTQ)
1- navbati 31.10.1980 yilda, 2- navbati 30.09.1986 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, har bir qurilmalarning ishlab chiqarish quvvati yiliga 8 mlrd m3 ni tashkil qiladi. Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari 1,2-navbatlarida Shurtan, Buzaxur, Janubiy Tandircha, Zafar, Yangi Qoratepa konlaridan kelayotgan gaz tarkibidan mexanik aralashmalar, qatlam suvlari va kondensat qisman ajratib qolinadi.
Hozirgi kunda “Shurtanneftgaz” UShK ga qarashli 10 ta gaz koni ishlab turibdi.
Shurtan koni 21.11.1980 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, hozirgi kunda kondan sutkasiga 31,5-32 mln m3 gaz qazib olinmoqda.
J. Tandircha koni 23.07.2001da ishga qo’shilgan bo’lib, hozirgi kunda sutkasiga kondan 12,5 mln m3 gaz qazib olinmoqda.
Zafar koni 28.11.1994 y. ishga qo’shilgan. Hozirgi kunda kondan 70 ming m3 gaz qazib olinmoqda.
Yangi Qoratepa koni 19.12.2003 yilda ishga qo’shilgan. Hozirgi kunda kondan 450 000 m3 gaz qazib olinmoqda.
Bo’zaxur koni 16.03.2005 yilda ishga qo’shilgan.  Hozirgi kunda kondan 2450 ming m3 gaz qazib olinmoqda . 
Sharqiy Buzaxur koni 02.12.2006 yilda ishga qo’shilgan. Hozirgi kunda kondan 370 ming m3 gaz qazib olinmoqda.
Chunag’ar koni 06.09.2007 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, kondan hozirgi kundan sutkasiga 550 ming m3 gaz qazib olinmoqda. 
Ilim koni 31.10.2007 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, kondan hozirgi kunda sutkasiga 850 ming m3 gaz qazib olinmoqda. 

DKS “Shurtan”
Siquv kompressor stanstiya-Shurtan 2003 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, 4 ta kompressordan iborat.
SKS-Shurtanning loyixaviy quvvati 40,8 mln m3/sutka. Konlardan kelayotgan qisman mexanik aralashmalardan, suyuqliklardan tozalangan notoza gaz 45-50 kgs/sm2 bosim bilan SKS ga beriladi va u erda bosim 96-100 kgs/sm2 gacha ko’tarilib bosh inshoatga uzatiladi.

UGKT va QQ (NTS)
Uglevodorodli gazni kondensatdan tozalash va quritish qurilmalari (UGKT va QQ) 1,2 navbati 1980 yilda, 3-4 navbati esa 1985 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, jami 16 ta texnologik tarmoqdan iborat. Tarmoqlar yiliga 18 mlrd m3 gaz qayta ishlashga mo’ljallangan. 1-2 navbatdagi xar bir tarmoq ishlab chiqarish quvvati 3 mln m3/sutka, 3-4 navbatdagi xar bir tarmoq ishlab chiqarish quvvati 5 mln m3/sutka. UGKT VA Q qurilmalariga qisman mexanik aralashmalardan , suyuqliklardan tozalangan gaz GDTQ dan hamda, to’g’ridan-to’g’ri konlardan beriladi. 1-2 navbatlarida tozalangan va quritilgan kam oltingugurtli tabiiy gaz Sirdaryoga beriladi,
3-4 navbatlaridagi tozalangan va quritilgan kam oltingugurtli gaz Gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasiga uzatiladi.

GOTS (SSO)
Gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasi 5 ta blokdan iborat bo’lib, tabiiy gazni oltingugurtdan Adsorbstiya usulida tozalashning loyixaviy quvvati yiliga 20 mlrd m3. Har bir blokning loyixaviy yiliga quvvati 4 mlrd. m3. Gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasi xar bir blokiga UGKT VA Q qurilmasi 3-4 navbatidan beriladigan kam oltingugurtli gazni steolit yordamida tozalanib Propan butan aralashmasi olish qurilmalariga yoki to’g’ridan to’g’ri Muborak 1,2 magistral gaz quvurlari orqali aholi istemoli uchun uzatiladi.

AYoGOTQ (ASO)
Amin yordamida gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasi: 1-navbati 1985 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, qurilmaning ishlab chiqarish quvvati yiliga
720 mln m3 ; 2-navbati 1992 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, 
loyixaviy quvvati yiliga 2 mlrd m3.
Gazni oltingugurtdan steolit yordamida tozalash qurilmasidan chiqqan regenerastiya gazi Amin yordamida tozalash qurilmalariga uzatiladi. Amin yordamida tozalangan gaz Shurtan-Kelif magistral gaz quvuriga uzatiladi.

 

KBS (USK)
Kondensatni barqarorlashtirish qurilmasi birinchi navbati 1986 yilda ikkinchi navbati 1992 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, Gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari va Uglevodorodli gazni kondensatdan tozalash va quritish qurilmalaridan beriladigan nobarqaror kondensat tarkibidan propan butan aralashmasini ajratib olishga mo’ljallangan. Xar bir tarmoqning kondensat ishlab chiqarish quvvati soatiga 25 tn, propan-butan frakstiyasi ishlab chiqarish quvvati soatiga 7 tn. Barqaror kondensat xom ashyo sifatida Neft qayta ishlash zavodiga yuboriladi, Propan-butan aralashmasi tayyor mahsulot sifatida aholiga uzatiladi.

EOOS (SPS)
Oltingugurt olish qurilmasi 1993 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, Amin yordamida tozalash qurilmasidan berilayotgan nordon gazni loyixaviy qayta ishlash quvvati soatiga 13965 m3. Oltingugurt ishlab chiqarish loyixaviy quvvati yiliga 14000 tn. Oltingugurt asosiy sanoat xom ashyosi bo’lib xisoblanib, ximiya sanoatida muxim o’rin tutadi.

PBAOQ (UPPBS)
Propan butan aralashmasi olish qurilmalari 1-navbati 1997 yilda , 2-navbati 2007 yilda, 3-4 navbatlari 2008 yilda ishga qo’shilgan bo’lib, loyixaviy qayta ishlash quvvati 50 0S xaroratda, 50 kgs/sm2 bosimda soatiga 375000 ming m3 , yiliga 3 mlrd m3 . Gazni oltingurtdan tozalash qurilmasi 5 ta blokdan berilayotgan gaz Propan butan aralashmasi olish qurilmasi 1,2,3,4 navbatlariga berilib, bu erda tabiiy gaz tarkidan 60-70 % gacha miqdorda propan butan aralashmasi ajratib olinib, to’g’ridan to’g’ri Suyultirilgan gaz saqlash parkiga uzatiladi, u erdan esa axoli istemoli uchun uzatiladi. Ajratib kondensat esa neft maxsulotlari saqlash parkiga uzatiladi. Gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasidan berilgan gaztarkibidan propan butan aralashmasi ajratib olingandan so’ng, qolgan gaz Siquv kompressor stanstiyasida bosimi ko’tarilib Muborak 1,2 magistral gaz quvuri orqali aholi istemoli uchun beriladi.

NMQJ va SGQT (TP va GNS)
Neft mahsulotlarini quyib jo’natish tarmog’ida barqaror kondensat saqlash sig’imi xar biri 5000 m3 dan 4 ta, 2000 m3 dan 4 ta vertikal idish mavjud. Kondensatni barqarorlashtirish qurilmasidan va Propan butan aralashmasi olish qurilmalaridan ajratib olingan kondensat Kondensat saqlash parkida jamlanib Neft mahsulotlari quyib junatish tarmog’idagi sig’imlarga uzatiladi. U erdan sig’imi 60 m3 va 120 m3 lik temir yo’l stisternalariga yuklanib Neft mahsulotlarini qayta ishlash zavodiga jo’natiladi.
Birinchi suyultirilgan gaz quyish tarmog’i 1986 ishga qo’shilgan bo’lib, 14 ta bulitdan iborat. Xar bir bulitning sig’imi 200 m3 dan. “Gissarneftgaz” qo’shma korxonasiga qarashli ikkinchi suyultirilgan gaz quyish tarmog’i 2008 yilda ishga topshirilgan, bo’lib 18 ta bulitdan iborat. Propan butan aralashmasi olish qurilmalari 1,2,3,4-navbatlarida gaz tarkibidan ajratib olingan PBF to’g’ridan-to’g’ri Suyultirilgan gaz quyish tarmog’idagi Bulitlarga quyiladi. Bulitlardan temir yo’l va avtotransport stisternalariga quyib istemolchilarga etkaziladi.

 

Neft konlari (Neftyan’e m/r)
Hozirgi kunda “Shurtannetgaz” UShK da 11 ta neft koni ishlab turibdi.
G’arbiy toshli neft koni 1972 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 63 ta.
Sharqiy toshli neft koni 1974 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 54 ta.
G’armiston neft koni 1992 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 12 ta.
Saricha neft koni 1982 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 10 ta.
Yakkasaroy neft koni 1987 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 6 ta.
Shimoliy Shurtan neft koni 2005 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 15 ta.
Kumchuk neft koni 2001 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 6 ta.
Yangi Qoratepa neft koni 2005 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 2 ta.
Feruza neft koni 2005 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 6 ta.
Dexqonobod neft koni 2006 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 4 ta.
Xonobod neft koni 2007 yilda ishga tushgan bo’lib, jami quduqlar soni 2 ta.

 

 

  © "Shurtanneftgaz" MCHJ 2017