logo3 log1 logo4


 
Yangiliklar

      Yakuniga etgan 2015 yil iyul oyida korxonamizda davlatimiz rahbarining 2013 yil 18 noyabrdagi PP-2069 sonli qaroriga asosan respublika neft-gaz sanoatida o’ta muhim investistiya loyihalaridan bo’lgan “Siquv kompressor stansiyasi 2- navbatini qurish bilan Sho’rtan konini chuqur o’zlashtirish” loyihasiga asosan Sho’rtan konida siquv kompressor stanstiyasi 2- navbati qurib ishga tushirishdi. Loyihani asosiy maqsadi – Sho’rtan konidan qazib olinayotgan tabiiy gaz va gaz kondensatni ko’paytirish hamda tasdiqlangan uglevodorodlar zahirasini maksimal darajada o’zlashtirishdir. Loyihaga asosan stanstiyada chet ellik hamkorlar tomonidan etkazib berilgan zamonaviy, energiya tejamkor va to’liq avtomatik boshqaruv tizimlari bilan ta’minlangan beshta gaz haydash agregatlari o’rnatildi.

Bundan tashqari, ushbu stanstiyaning ishga tushirilishi kelajakda Sho’rtan gaz konlari guruhiga kiruvchi Janubiy Tandircha, Bo’zaxur, Sharqiy Bo’zaxur  va Cho’nag’ar kabi gaz konlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz xom ashyosini markazlashgan holda qazib olish va korxonaning asosiy gazni tozalash va qayta ishlash qurilmalari joylashgan Bosh Inshootga  barqaror uzatilishini ta’minlaydi.

Loyihaga asosan stanstiyaning ishga tushirilishi jamiyatda yana qo’shimcha ravishda 68 ta ish o’rinlari tashkil etilishi bilan tuman miqyosida aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlarga o’zining munosib hissasini qo’shdi.


            2014-2015 yillarda korxonada “Siquv kompressor stansiyasi 2- navbatini qurish bilan Sho’rtan konini chuqur o’zlashtirish” investistiya loyihasida korxona Bosh Inshootida joylashgan Tabiiy gazni gaz kondensatidan tozalash va quritish sexida texnologik jarayotlarni optimallashtirish bo’yicha modernizastiya ishlari rejalashtirilgan bo’lib, hozirgi kunga qadar Past haroratda ajratish qurilmasi 3/4- navbatida turbodetander agregatlari o’rnatilib  ishga tushirildi. Loyihani amalga oshirishda Ukrainaning “Turbogaz” akstionerlik jamiyatining 6 komplekt turbodetander agregatlari bilan bir qatorda mahalliylashtirish dasturi asosida “Neftgaz va kimyo mashinasozlik” zavodi AJ tomonidan etkazib berilgan yuqori bosimli separator apparatlari va “Trubodetal” unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan har xil diametrdagi quvur fasoninalar bilan foydalanildi.


Korxonada O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 iyundagi “Halqaro tarraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” to’g’risidagi qaroriga asosan bir nechta loyihalar bo’yicha ish olib borilayotgan bo’lib 2015 yil dekabr oyida “1-, 2- Qozonxona va Suv ta’minoti va kanalizatsiya sexilarida elektr energiyasini tejash uchun chastota preobrazovatellar o’rnatish” loyihasi bo’yicha qiymati qariyib 400,0 ming AQSh dollari bo’lgan 34 komplekt chastota rostlagichlari etkazib berilib 2015 yil dekabr oyida o’rnatish ishlari oxiriga etkazildi.

 

 

  © "Shurtanneftgaz" MCHJ 2016