logo3 log1 logo4


 
KORXONA RAXBARI

Jabborov Shokir Davlatovich

Manzil: 180320, Sho'rtan qo'rg'oni, G'uzor tumani,
Faks: 8 (371) 771-01-50
E-mail: shurtan @shurtanneftgaz.uz

 

Korxona boshlig’ining vazifalari

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, “O’zbekneftgaz” MXK, “O’zneftgazqazibchiqarish” AKdan kelgan topshiriq va ko’rsatmalar, mahalliy hokimiyatlar Qarorlariga asosan korxona faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ishlab chiqarish tarmoqlari, sexlar va boshqa bo’linmalarning ishlab chiqarish jarayonini yuqori sur’atlarda rivojlantirish va takomillashtirish, ishlab chiqarishga yangi texnika va ilg’or texnologiya jalb etgan holda mehnatni ishlab chiqarishga yuqori sur’atda jalb etish, ishlab chiqarish samaradorligi va mahsulot sifatini oshirish, boshqarish va xo’jalik tizimini takomillashtirish bo’yicha ishlarni amalga oshiradi.
O’ziga berilgan vakolat va amaldagi qonunlar doirasida korxonadagi barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruq va farmoyishlar qabul qiladi.
Korxonaga belgilangan miqdor va sifat ko’rsatkichlar, kapital qurilish bo’yicha rejalar, davlat byudjeti, mahsulot etkazib beruvchi, buyurtmachilar va banklar bilan korxonani majburiyatlari ijrosini ta’minlaydi.

Korxonaga bilimli, malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish, fuqarolarni ishga qabul qilish bo’yicha ish berishga mas’ul vakolatli shaxs hisoblanadi.

 

 

  © "Shurtanneftgaz" MCHJ 2017