logo3 log1 logo4



 
Asosiy

“Sho’rtanneftgaz” unitar sho’ba korxonasi 1980-yilda tashkil topgan va 30 yildan ko’p vaqt davomida gazni qazib olish, gaz, gazokondensat, neft konlarini ishlatish, gazni va gaz kondensatini tayyorlash va qayta ishlash bilan shug'ullanib kelmoqda. “Sho’rtanneftgaz” UShK “O’zbekneftgaz” MXKning “O’zneftgazqazibchikarish” Akstioner Kompaniyasining strukturaviy bo’linmasi xisoblanadi.
Korxonaning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat: neft va gaz qazib chiqarish, Sho’rtan konlar guruhi, Chigil konlar guruhi, QK MChJ “LUKOYL-Uzbekistan Opereyting Kompanii”, QK MChJ “Gissarneftegaz” tomonidan qazib olinayotgan gazni qayta ishlash, suyultirilgan gaz va unsuriy oltingugurt ishlab chiqarish.
“Sho’rtanneftegaz” UShK O’zbekistonda turbodetander yordamida past xaroratli kondensastiyani ajratish texnologiyasini qo’llagan birinchi korxona bo’lgan. Korxonada dunyodagi eng katta gaz tozalash qurilmasi ishlatiladi.
Korxona Respublika gazining 25,2 foizini, gaz kondensatining 20,8 foizini, suyultirilgan gaz maxsulotining taxminan 23,9 foizini etkazib beradi.
Tabiiy gazning asosiy xaridori “Uztransgaz” AK hisoblanadi. Neft konlaridan qazib olinayotgan neft va dastlabki tayyoorlovdan o’tgan kondensat “Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” UK ga yuboriladi. Suyultirilgan gaz maxsulotining ichki bozordagi asosiy xaridori xususiy gaz quyish shaxobchalari xisoblanadi, bundan tashqari, axoliga suyultirilgan gazni tarqatish “Uztransgaz” AK ning xududiy korxonalari orqali amalga oshiriladi.
“Sho’rtanneftgaz” UShK gazni tayyoorlash va qayta ishlash, saqlash va yuklash bo'yicha bir necha tashkilotlarga xizmat ko’rsatadi, ularning ichida KQ MChJ «Gissarneftegaz» , KQ MChJ «Shurtangazmaxsulot», MChJ «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani» MChJ «Uz GazOyl».
2007 yilda korxonada ISO 9001 SMT bo’yicha audit o’tkazilgan va shu tizim bo’yicha sertifikat olingan.
Mexnat muxofazasi, sanoat va yong'in xavfsizligini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida 2006 yildan boshlab OHSAS 18001:1999 standarti asosida mexnat xavfsizligi va sog'lik menedjmenti tizimi tatbiq etilgan, bundan tashqari. 2012 yilda ISO14001:2004 ekologik menedjment tizimi kiritilgan.
Kelajakda, sarmoya dasturlariga asosan quyidagilar amalga oshirilishi kutilmoqda:

Sho’rtan konidan gaz qazib chiqarishni DKS-2 navbati yordamida ko’paytirish;

Gazning ichki extiyojlarga ketayotgan xajmini gaz xaydovchi agregatlarda issiqlikni utilizastiya qilish xisobiga kamaytirish, bundan tashqari neft konlarida past bosimli gazlarni utilizastiya qilish;

Korxona xisobida 21 ta neft, gaz va kondensat konlari mavjud.
Gazning asosiy qismi Sho’rtan va Chigil kon guruhlaridan, shuningdek MChJ «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani», KQ MChJ «Gissarneftegaz».
Konlarda qazib olinayotgan gaz quvurlar orqali gazni dastlabki tayyorlash qurilmalarining 1,2-navbatlariga keladi va bu erda qisman suyuqlik va mexanik aralashmalar ajratib olinadi. Tabiiy gaz bosh inshootga “Sho’rtan” DKS yordamida yuqori bosimda etkazib beriladi.
Bosh inshoot maydonida gazni tayyorlash va qayta ishlash bo’yicha qator qurilmalar joylashgan, shu jumladan:

gazni past xaroratli separastiya qilish qurilmasi

gazni steolit va amin yordamida oltingugurtdan tozalash qurilmasi

kondensatni barqarorlashtirish qurilmasi

oltingugurt olish qurilmasi

propanbutan aralashmasi olish qurilmasi

Shuningdek, suv, gaz, issiqlik va elektr toki bilan ta’minlash bo’yicha yordamchi sexlar.
Barcha qayta ishlanayotgan va ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar davlat idoralari tomonidan sertifikatlangan. Ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini korxonaning markaziy kimyo laboratoriyasi nazorat qiladi.

 
Xavolalar

UzNG

ogu

birja

 

  © "Shurtanneftgaz" MCHJ 2016